Sardoba tumanida maktab o`quvchisining o`z joniga qasd qilganligi bilan bog`liq xabarlar tarqaldi. Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan mazkur xabar tasdiqlangan.
Unga ko`ra, 2005 yilda tug`ilgan 12-maktabning 9-sinf o`quvchisi R.Z. (o`g`il bola) joriy yilning 5 fevral kuni, taxminan soat 21:00larda yashash xonadonida, arqon bilan o`zining bo`yin sohasidan osib o`z joniga qasd qilinganligi ma`lum bo`ldi.
Mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Sardoba tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.