AsosiyJinoyat

Sirdaryoda rangli metall parchalarining noqonuniy aylanmasi to`xtatib qolindi

'Sirdaryoda rangli metall parchalarining noqonuniy aylanmasi to`xtatib qolindi'ning rasmi

Rangli metall parchalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi "Darakchi.uz"ga xabar berdi. 

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi tezkor xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 oktyabrdagi “Rangli metall parchalari va chiqindilarini to`plash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 849-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Mirzaobod tumani hududida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro Q.B. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi Mirzaobod tumani hududida to`xtatilib, avtomashina yukxonasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan, qiymati 9 million so`mlik 1917 kg. alyumin rangli metall parchalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar