Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan o`zbekistonlik Tvitter ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilari virtual aksiya tashkil qilishdi.
Aksiya davomida Tvitter, Feysbuk hamda Instagram ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari #Navoiy575 heshtegini ishlatgan holda postlar qoldirishdi.
Hashtags.org xizmati ma`lumotiga ko`ra, #Navoiy575 xeshtegi bilan Tvitterda soat 12:00 ga qadar 15 mingdan ziyod tvitlar yozildi, deya xabar beradi Uz24 nashri.
Navbatdagi aksiya 14 fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan o`tkazilishi rejalashtirilgan. Unda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari #BoburDay heshtegi bilan post qoldirish kerak bo`ladi. Aksiya soat 14:00 da boshlanadi.





