Joriy yilning 1 aprelidan boshlab avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish bo`yicha davlat xizmatini ko`rsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham amalga oshirilishiga imkoniyat yaratiladi. Bu boradagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo`yilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, «Davlat boji to`g`risida»gi qonunga muvofiq, avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo`yicha davlat xizmatini olish uchun YaIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji, yig`imlar va boshqa to`lovlar to`lanadigan summadan 90 foiz miqdorida, ya`ni 10 foiz chegirma bilan to`lanadi.
Shuningdek, YaIDXPda foydalanuvchining shaxsiy kabinetida shu foydalanuvchiga tegishli bo`lgan avtotransport vositasi to`g`risidagi ma`lumotlar avtomat tarzda joylashtirilishi va real vaqt rejimida yangilanib borilishini ta`minlanadi.