Aktrisa Dilnoza Kubaeva "Darakchi" muxbiri bilan suhbatda o`zi haqidagi “u kino emas, teatr aktrisasi” degan fikrga javob qaytardi.
-Bahrom Yoqubov bundan bir necha yil avval intervyu berganida “Dilnoza Kubaeva teatr aktrisasi, kino uchun emas, hissiyotni haddan ortiq ko`rsatib yuboradi. Kino uchun esa norma kerak, teatrda bu mumkin, kinoda emas!” , degan edi...
- Hissiyot oshiq bo`lsa yaxshi, kam bo`lmasin! Ko`p narsani kamaytirishning iloji bor! Kamni to`ldirish qiyin. Chegara va me`yorga ko`p narsani solib olsa bo`ladi. Men faqat teatr aktrisasi bo`lganimda, kino meni mashhur qilmasdi!!! Men hadeb, “men”lashni yomon ko`raman, tomoshabinlarimiz ijrolarimdan qoniqishsa bo`ldi. Ular kim nimaga qodirligini ko`rib baholovchilar sanaladi. Aktyorni teatrniki, kinoniki deb ajiratilmaydi. Rejissyor uni plastilinidan yasagandek, “yasay” olsin! Teatr aktyorlarini kinoda kuzating, ekranda yonib, qaynab, ishlab turadi. Kinoga tap etib tushib qolgan “yulduz”larimizning quruqligi esa ekranda yaqqol bilinib qoladi. Ayrim rejissyorlarimizga hayronman, teatrga tosh otganga o`xshab fikrlashadi. Ammo teatr ichiga bir kirib ketishlarini istardim. Chetdan turib gapirishmasin!!!
Yodgorbek YuKSAL





