Avval xabar qilganimizdek, «O`zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Prezident farmoni imzolandi.
Unga binoan:
- Navro`z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo`shimcha va ko`chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo`lmagan muddatga belgilanadi;
- ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam bo`lmagan «oilaviy sayohat ta`tili» tizimi joriy qilinadi. Bunda, «oilaviy sayohat ta`tili» yillik asosiy ta`til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Avvalroq, ushbu Farmon bilan bayramlar arafasida dam olish kunlari 3 kun etib belgilangani va ayrim davlat fuqarolari uchun 10 kun muddatga vizasiz rejim joriy etilgani xabar qilingan edi. Shuningdek, O`zbekiston ichida yangi avia hamda temir yo`l qatnovlari yo`lga qo`yiladi.
Mavzuga doir:
Endi o`zbekistonliklardan ichki sayohat paytida turistik yig`im undiriladi