AsosiyJamiyat

To`rtta OTMda turizmga oid yangi magistratura mutaxassisliklari ochiladi

'To`rtta OTMda turizmga oid yangi magistratura mutaxassisliklari ochiladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, «O`zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Prezident farmoni imzolandi.

Unga binoan:

- Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisining amaldagi o`rinbosarlari soni doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo`yicha rais o`rinbosari lavozimi joriy etildi;

- Qo`mita tashkiliy tuzilmasida 2021 yilda rejali qisqartirilishi kutilayotgan shtat birliklari hisobidan 9 ta shtat birligidan iborat Ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti tashkil etildi;

- 2021/2022 o`quv yilidan boshlab “Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimi yo`lga qo`yiladi.

Avvalroq, ushbu Farmon bilan bayramlar arafasida dam olish kunlari 3 kun etib belgilangani va ayrim davlat fuqarolari uchun 10 kun muddatga vizasiz rejim joriy etilgani xabar qilingan edi. Shuningdek, O`zbekiston ichida yangi avia hamda temir yo`l qatnovlari yo`lga qo`yiladi.

Mavzuga doir:

Endi o`zbekistonliklardan ichki sayohat paytida turistik yig`im undiriladi

O`zbekistonda «oilaviy sayohat ta`tili» tizimi joriy qilindi

    Boshqa yangiliklar