1

Toshkentda ko`p qavatli uyning liftida voyaga etmagan qizlarni ta`qib qilgan erkakka hukm o`qildi

Jinoyat 10.02.2021, 21:34
Toshkentda ko`p qavatli uyning liftida voyaga etmagan qizlarni ta`qib qilgan erkakka hukm o`qildi

         36 yoshli oilasidan ajrashgan, bir nafar voyaga etmagan farzandi bor, yollanma ishchi bo`lib ishlaydigan va muqaddam sudlangan erkak uch nafar voyaga etmagan qizlarni ta`qib qilib, buzuq niyatini amalga oshirmoqchi bo`ladi... 

         Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Bektemir tuman sudida yuqoridagi holat yuzasidan sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha Bektemir tuman sudi sudyasi Farhod Abdushukurov xabar qildi. 

         Sudlanuvchi 2020 yilning 28 noyabrida shirakayf bo`lib oladi. Toshkent shahar Bektemir tumanidagi ko`p qavatli uylardan birining birinchi qavatidagi liftga voyaga etmagan ikki qizning kirib ketganini ko`radi. O`zining hojatini chiqarish uchun ularning 16 yoshga to`lmagani ayon bo`lgan yoshlar ekanini bila turib, qizlarning ortidan liftga kiradi. Lift birinchi qavatdan to oltinchi qavatga ko`tarilgunga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida uyatsiz-buzuq harakatlar qiladi... Qizlardan birining qo`llaridan ushlab, o`ziga tortib, qo`li bilan zo`rlik ishlatadi... Buzuq niyatini amalga oshirishga undagan vaqtida lift oltinchi qavatga ko`tarilib, eshiklari ochilishni boshlaganidan so`ng voqea sodir bo`lgan joydan yashiringan.

         Oradan chamasi o`n daqiqalar o`tgach, liftga yana bir voyaga etmagan qizning kirib ketayotganini ko`radi. Uning ham ortidan liftga kiradi. Lift birinchi qavatdan to oltinchi qavatga ko`tarilgunga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida yana o`sha “hunari”ni takrorlaydi. Qiz unga qarshilik qilib turgan vaqtida lift oltinchi qavatga ko`tarilib, eshiklari ochilganidan so`ng voqea sodir bo`lgan joydan yashiringan.

“NOMA`QUL IShGA QO`L URIB QO`YDIM”

Sudlanuvchi aybiga to`liq iqror bo`ldi...

— Uyatsiz-buzuq harakatlar qilganman. Keyin lift eshiklari ochilib qolgach, pastga tushib ketganman. Bir oz vaqtdan so`ng yana shu uyning o`zida bir qiz liftga kirdi. Shu qizga ham mastlikda nima qilayotganimni anglamay, ahloqsiz ish qildim. 

Qizlar 16 yoshga to`lmagani, hali voyaga etmagani ko`rinib turgandi. Ammo shu kuni spirtli ichimlik iste`mol qilganim sabablimi, bilmasdan shunday noma`qul ishga qo`l urib qo`ydim. Qilgan ishimdan pushaymonman. 

 

“HECh NIMA BO`LMAGANDEK LIFTDAN ChIQIB KETDI”

         Sud majlisida qonuniy vakili ishtirokida so`roq qilingan jabrlanuvchi qizlardan biri o`sha kungi voqeani so`zlab berdi...

         — O`quv markazidan soat taxminan 15.20 lar atrofida uyimning oldiga kelib, birinchi qavatda joylashgan liftda sakkizinchi qavatga chiqmoqchi bo`ldim. Liftga kirdim va sakkiz raqami tushirilgan tugmani bosdim. Liftning eshiklari deyarli yopilib bo`lishiga ozgina qolganida, bir kishi qo`li va oyog`ini liftning yopilayotgan eshigining orasiga tiqib, eshikni qaytadan ochib, ichkariga kirdi. Liftning eshiklari joylashgan tomonga turib, dastlab liftning 3 tugmasini, so`ng esa 6 tugmasini bosdi. Liftning eshiklari yopilib, tepaga qarab harakatlanishni boshlagan vaqtda, u ahloqsizlik qila boshladi. Lift oltinchi qavatga etganida, u hech nima bo`lmagandek liftdan tashqariga chiqib ketdi. Qo`rqib ketganim sababli, bu holatni onamga o`z vaqtida aytmaganman.

         — Sudlanuvchi JKning 129-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi. JKning 60, 61-moddalariga asosan, jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tuman sudining 2015 yil 6 maydagi hukmiga ko`ra tayinlangan jazoning o`talmagan qismini qisman qo`shish yo`li bilan uzil-kesil o`tashlik uchun 1 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1