1

Kun hikmati

Mutolaa 10.02.2016, 09:15
Kun hikmati

Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur,
Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur,
Yahshi kishi yomonlig` ko`rmagay hargiz,
Ha kimki yomon bo`lsa jazo topgusidur!

***

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra bo`ldi ro`zgorim ul qaro qoshdin yana.

Men hud ul tifli pariyvashg`a ko`ngul berdim, vale
Xonumonim nogahon buzulmag`ay boshdin yana.

Yuz yamonlig` ko`rub andin telba bo`ldung, ey ko`ngul,
Yaxshilig`ni ko`z tutarsen ul parivashdin yana.

Tosh urar atfol meni, uyda forig` ul pariy,
Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana.

Oyog`im etguncha Boburdek ketar erdim netay,
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.

Zahiriddin Muhammad Bobur

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1