1

Aholisi o`zini baxtli hisoblaydigan Evropa shaharlari nomlari e`lon qilindi

Dunyo 10.02.2016, 09:38
Aholisi o`zini baxtli hisoblaydigan Evropa shaharlari nomlari e`lon qilindi

Evrokomissiya a`zolari tadqiqot natijalariga ko`ra aholisi o`zini baxtli hisoblaydigan shaharlar ro`yxati e`lon qildi. 
Ro`yhatdagi birinchi o`rin Daniyaning Olborg shahriga nasib etdi. Ta`kidlash joizki, reytingga poytaxt maqomidagi katta shaharlar emas, kichkina shaharlar kiritilgan.
Olborg aholisining 72 foizi sevimli shaharlarida yashayotganidan baxtli ekanliklarini bildirishgan. 
Ikkinchi pog`ona Kopengagen shahriga nasib qildi. Bu erning 67 foiz aholisi turmushidan mamnun. Uchinchi o`rin Reykyavik shahriga nasib etdi. 
So`rovnomada ishtirok etganlar shaharning chiroyli manzarasi va osoyishta hayoti ularga yoqishi haqida fikr bildirgan.
Ro`yxatga Syurix, Gras, Oslo, Vena, Belfast, Antverpen, Manchester shaharlari ham kiritildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1