Sirdaryo viloyat hududida elektr energiyasiga noqonuniy ulangan aholi va tadbirkorlik sub`ektlarini aniqlash va qonuniy chora ko`rish yuzasidan reydlar tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yil yanvar oyi davomida 92 ta elektr energiyasi istemolchisining elektr uzatish tarmoqlariga noqonuniy ulanib foydalanayotganligi aniqlandi. Bu haqda «Sirdaryo HETK» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “Sirdaryo HETK” AJ va tegishli tashkilotlar mutaxassislari hamkorligida o`tkazilgan tekshiruvlar natijasida 465 ming 113 kVt/s yoki 185 mln 209 ming so`m miqdoridagi zarar etkazilgani aniqlandi.