AsosiyJamiyat

Shar`iy nikohdagi qaynonani erining uyida qanday huquqlari bor?

'Shar`iy nikohdagi qaynonani erining uyida qanday huquqlari bor?'ning rasmi

"Darakchi" tahririyatiga Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro Abdurashid Doniyorovdan murojaat kelib tushdi:  

— Qaynotam qaynonam bilan sha`riy nikoh asosida 35 yil birga yashagan. Qaynotam 2019 yil vafot etganida kvartirasini yashirincha nabirasining nomiga qoldirib ketgan ekan. Qaynonamning bu uyda qanday huquqlari bor?

Fuqaroning murojaatiga javob olish maqsadida Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudi raisi Sherzod RAJABOV bilan bog`landik...

— Oila kodeksining 13-moddasiga ko`ra, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.

Oila kodeksining 18-moddasiga ko`ra, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro`yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e`tiboran ular o`rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi.

Agar fuqarolar shar`iy nikoh asosida birga yashagan bo`lsalar, qonuniy er-xotin hisoblanmaydilar va erning vafotidan so`ng shar`iy xotin meros yoki umumiy mulk huquqiga ega bo`lmaydi.

Agar qaynonangiz qaynotangizga tegishli kvartirada u bilan birga yashab, shu turar- joyda ro`yxatdan o`tgan bo`lsa, kvartira boshqa shaxsga meros bo`lib o`tgan holda ham qaynonangiz shu kvartirada yashash huquqini saqlab qoladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar