AsosiyDunyo

Turkiyada spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetdi

Avvalroq 6 kishi vafot etgani xabar qilingan edi.

'Turkiyada spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetdi'ning rasmi

Joriy yilning 15 yanvar kuni Istanbul shahridagi Bosh konsulxonamizga to‘rt nafar fuqaromizning (barchasi erkak kishi) soxta spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida vafot etganligi bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.  

14 yanvar kuni 6 nafar fuqaro vafot etgani haqida xabar qilingan edi. 

Bosh konsulxona diplomatlari ushbu holat yuzasidan Istanbul sog‘liqni saqlash, sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Shuningdek, konsulxonamizning telefon raqamlari orqali kelib tushayotgan savollarga javob berilmoqda.

Bosh konsulxona barcha fuqarolarimizni ehtiyot choralari ko‘rishga, shaxsiy xavfsizlikka rioya qilishga va zarur hollarda Bosh konsulxonaga murojaat qilishga chaqiradi.

Aloqa uchun:

+90 (553) 541-17-17

    Boshqa yangiliklar