AsosiyJamiyat

Yaylovlardan oqilona foydalanish tadbirlari belgilandi

Hukumat qarori bilan maxsus nizom tasdiqlandi.

'Yaylovlardan oqilona foydalanish tadbirlari belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori (914-son, 30.12.2024 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish tartibini belgilaydi.

U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, almashlab ekishni suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish;
  • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almashinishini yo‘lga qo‘yish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;
  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi bo‘yicha xulosani shakllantirish.
  • Yaylovlardan oqilona foydalanish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
  • yaylovlar almashinishi va suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
  • yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni bo‘yicha aniqlangan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish me’yorini ta’minlash;
  • yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish;
  • yaylovlarning qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yerlarni begona o‘tlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik.

    Boshqa yangiliklar