1

Buyuk Britaniyada terisining rangi turli xil bo`lgan egizaklar dunyoga keldi

Dunyo 10.02.2016, 12:59
Buyuk Britaniyada terisining rangi turli xil bo`lgan egizaklar dunyoga keldi

Egizak qizlarning ota-onasining aytishicha, ular egizaklar ayrim hollarda turli teri rangi bilan tug`ilishi mumkinligini eshitgan. Ammo, ular bu holat o`z farzandlari bilan ro`y berishi mumkinligiga ishonmagan edi.

Buyuk Britaniyada yashovchi yosh oila 24 yoshli Kayl Armstrong va 20 yoshli Xanna Yarker egizaklari Anaya va Milaning bir-biriga umuman o`xshamasligidan hayratga tushdi. Egizak qizlar terisi rangining bir-biridan farq qilishi ular tug`ilganidan bir necha hafta o`tgachgina sezila boshladi. 

Ota-onalar Xanna va Kayl ham turli irqqa mansub. Ularning qizi Anaya onasiga o`xshab oq tanli, Mila esa otasiga o`xshab qorachadan kelgan. Bundan tashqari, qizaloqlarning fe`l-atvori ham bir-birini takrorlamaydi. Mila juda harakatchan, uning singlisi esa og`ir-bosiq. 

“Ular bir-biriga umuman o`xshamaydi”, – deydi ota-onalar.

“Atrofdagilar ularning egizaklar ekanligiga va har ikkalasi ham meningqizlarim ekanligiga har doim ham ishonavermaydi”, – dedi egizaklarning onasi.

Manba: mail.ru

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1