1

Boliviyada kattaligi bo`yicha ikkinchi o`rinda turuvchi ko`l g`oyib bo`ldi

Dunyo 10.02.2016, 14:06
Boliviyada kattaligi bo`yicha ikkinchi o`rinda turuvchi ko`l g`oyib bo`ldi

Evropa kosmik agentligi yo`ldosh orqali olingan suratlarni tahlil qilib, Boliviyadagi kattalagi bo`yicha ikkinchi o`rinda turuvchi Poopo ko`li batamom bug`lanib, yo`q bo`lib ketganligini ma`lum qildi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Sho`r ko`lning yo`qolishini erning yuza qatlami monitoringi bilan shug`ullanuvchi EKA Proba-V kichik yo`ldoshi qayd qilgan. 3 ming kvadrat kilometr maydonni  egallagan bu ko`l asta-sekinlik bilan bug`lanib, yo`q bo`lganligi 2014 yil apreldagi, 2015 yil iyuldagi, 2016 yil yanvardagi suratlarda o`z aksini topgan. 

Poopo ko`lining chuqurligi 3 metrni tashkil qilib, uning qurg`oqchil erga joylashuvi iqlim o`zgarishlariga ta`sirchan qilib qo`ygan. Ko`l birinchi marta bug`lanmayapti, bunday holat 1994 yilda ham kuzatilgan. Ammo ekspertlar Poopo ko`lining bu safar o`zini tiklashi uchun uzoq yillar ketishi mumkinligi va batamom yo`q bo`lib ketishidan xavfsirashmoqda.  

Poopo ko`li Titikaki ko`lidan keyin ikkinchi o`rinda turadigan eng katta ko`l deb yuritiladi. U turg`un va suvi sho`r ko`l bo`lib, Oruro shahri janubidan 130 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bu er flamingo qushlarining makoni hisoblangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1