1

Kenja Roy Jons Rossiya estradasi tufayli boksni tashladi

Dunyo 10.02.2016, 15:09
Kenja Roy Jons Rossiya estradasi tufayli boksni tashladi

Amerikalik bokschi kenja Roy Jons Rossiya fuqaroligini qabul qilgach, sportdagi karerasini tamomlab, musiqa bilan shug`ullanishga qaror qildi, deya xabar beradi “Lenta.ru” “Patriot” promouterlik kompaniyasi direktori Dmitriy Luchnikovning so`zlariga tayanib. 

“Biz Jonsning ringda jang qilishini istamaymiz. Uning sport karerasini tamomlashi maqsadga muvofiq bo`lgan bo`lardi.  Roy Jons Rossiyada musiqa bilan shug`ullanish istagida, ammo shunga qaramay, 2016 yilning yoziga qadar professional boks bo`yicha Roy Jons kubogi turnirini o`tkazishni ham rejalashtirganmiz. Jangda g`alaba qozongan, eng zo`r bokschiga Royning kutilmagan sovg`asi bor. Hozir bu rejani amalga oshirish uchun harakat qilyapmiz”, – deya  fikrini davom ettirdi Luchnikov.

2015 yilning 12 dekabrida Moskvada o`tkazilgan boks musobaqasida Rossiya bayrog`i ostida jangga kirgan kenja Roy Jons britaniyalik Enso Makkarinelliga yutqazib qo`ydi. Bu mag`lubiyatdan keyin u yana qayta jang qilish istagi borligini bildirdi.

Boks bo`yicha bir necha bor jahon chempioni bo`lgan Roy Jons umumiy hisobda o`tkazgan 71 ta jangning 62 tasida (45 ta nokuaut) mutlaq g`alaba qozongan va bor-yo`g`i 9 tasida mag`lubiyatga uchragan. 20 avgust kuni Rossiya fuqaroligiga qabul qilinishni so`ragan 46 yoshli bokschi Rossiya fuqarolik pasportini 27 oktyabr kuni qo`lga oldi, Prezident Vladimir Putin unga 12 sentyabrda Rossiya fuqaroligini olishga ruxsat bergan. 

2001 yilda Jons rep uslubida aytgan qo`shiqlarini jamlab, yakkaxon albomini chiqardi. Oradan uch yil o`tgach,  Body Head Bangerz guruhi ishtirokida aytilgan qo`shiqlarini diskka ko`chirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1