1

Geofiziklar erda sodir bo`lishi muqarrar bo`lgan halokatni bashorat qildi

Dunyo 10.02.2016, 15:16
Geofiziklar erda sodir bo`lishi muqarrar bo`lgan halokatni bashorat qildi

AQSh,Kanada,Germaniya va fransiyalik geofiziklar er sayyorasining o`n ming yildan keyingi kelajagini bashorat qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Mualliflar o`z tadqiqot natijalarini Nature Climate Change jurnalida chop etdi.

Geofiziklarning asosiy xulosasi shuki, yaqin o`n ming yil ichida zaruriy chora-tadbirlar ko`rilmasa ob-havoning isib ketishi va boshqa turli omillar er sayyorasidagi iqlimning tubdan o`zgarishiga sabab bo`ladi.

Eng yomoni esa yaqin yuz yillik ichida atmosferaga 1,28 milliard  tonnaga yaqin uglerod ajralishi kutilmoqda. Boshqa bir olimning fikriga ko`ra, havoga bu moddaning 9,5 milliard tonnasi ajraladi.

Atmosfera kimyoviy tarkibining o`zgarishi oqibatlari halokatli bo`ladi. Er yuzidagi havo harorati Selsiy shkalasi bo`yicha ikki darajagacha ko`tariladi. Grenlandiya va Antarktida muzliklarining erishi esa oken sathinining 25 metrgacha ko`tarilishiga olib keladi. 

Buning oqibatida esa hozirda er yuzining 19 foiz(taxminan 1,3 milliard kishi)aholisi yashovchi sohilga yaqin joylashgan shaharlarni suv bosish xavfi kuchayadi. Er yuzidagi 25 ta yirik megapolislarning taxminan yarim aholisi uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo`ladi.

Olimlarning fikriga ko`ra, vaziyatni yumshatishning imkoni bor. Buning uchun atmosferaga uglerod gazini chiqarishni kamaytirish kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1