O`zbekiston Tashqi ishlar vazirining Markaziy Osiyo mamlakatlariga amaliy tashrifi to`g`risida ma`lumot berildi.
Unga ko`ra, 2021 yilning 16-18 fevral kunlari Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Qozog`iston Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi.
Tashrif doirasida Tojikiston, Turkmaniston va Qozog`iston tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o`tkazilishi rejalashtirilgan. Muzokaralar chog`ida mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, Markaziy Osiyoning global iqtisodiy jarayonlar va transport yo`laklariga integrasiyasi masalalari muhokama qilinishi ko`zda tutilgan.






