Toshkent shahar hokimligi bir qator muammolar, jumladan, shahar infratuzilmasi, uy-joy kommunal xo`jaligi va obodonlashtirish kabi masalalar bo`yicha murojaatlarni qabul qiluvchi Xalq nazorati nomli xizmatni ishga tushirilganligini e`lon qildi
Xizmatdan foydalanish uchun unga telefon raqamni kiritgan va pasport skanini yuklagan holda ro`yxatdan o`tish talab qilinadi. Murojaatnoma yo`llash uch bosqichda: muammo turini tanlash, uni ta`riflash va manzilni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ariza to`g`ridan-to`g`ri mas`ul ijrochiga yuboriladi. Foydalanuvchilar ijrochi bilan saytdagi chat orqali bog`lanishlari va muammoni bartaraf etish natijalariga ko`ra xizmatni baholashlari mumkin.