1

Kun hikmati

Mutolaa 11.02.2016, 09:10
Kun hikmati

Ahbob, yig`ilmoqni farog`at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,
Bir - birini necha kuni g`animat tutungiz.

***

Ko`ngulga bo`ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko`ngluma ermish qaro balo soching.

Muyassar o`ldi junun mulki, ey junun ahli,
Nisori ashkni emdi bu kun mango soching.

Soching shikastida bordur shikasta ko`ngullar,
Ko`ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.

Ochildi ko`ngli, chu ochting sochingni, Boburning,
Ne ayb, agar desa dilbandu dilkusho soching.

Zahiriddin Muhammad Bobur

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1