“O`zavtosanoat” 2016 yilda 17,2 ming Matiz avtomobillarini Rossiya Federasiyasi sertifikatlari talablariga moslashtirib ishlab chiqaradi.
Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, bu boradagi muhandislik xizmatlarini “GM Korea” kompaniyasi ko`rsatadi. 2016 yilda O`zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilari umumiy miqdori 7 million AQSh dollariga teng investisiyadan 2,24 million AQSh dollarini o`zlashtirishi belgilangan. “O`zavtosanoat” kompaniyasining bergan ma`lumotlariga ko`ra, 2016 yilning avgust oyida “Matiz” avtomobili ishlab chiqarilayotganiga 15 yil to`ladi. 2003 yilda Matiz Rossiya bozorida “Yil avtomobili” bo`lgan edi. 2004 yil dekabr oyidan dvigatel hajmi 1 litr bo`lgan va avtomatlashtirilgan Matiz Best avtomobili ishlab chiqarila boshladi.





