Dominikan Respublikasidan Rossiya poytaxti Moskvaga uchayotgan “Boing-777” samolyoti avariyaviy qo`nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, havo layneri texnik nosozlik sabab Punta-Kana aeroportiga qaytib qo`ndirilgan. Guvohlarning aytishicha, samolyot dvigatellaridan biri yonib ketgan.
“Boing-777” Punta-Kanadan Moskva vaqti bilan 03:30 da havoga ko`tarilgan. Layner 5 kilometrcha balandlikka ko`tarilgach, uning bir dvigaetli yona boshlagan.
“Havo layneri komandiri bortdagi texnik nosozlik haqida xabar berdi va aeroportga qaytib, avariyaviy qo`nishga ruxsat so`radi”, — deyiladi xabarda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, samolyot yo`lovchilari evakuasiya qilingan, jabrlanganlar yo`q.





