AsosiyJamiyat

Minglab tadbirkorlarga to`lanmagan QQS qarzdorligini to`latish mojarosi bo`yicha soliq qo`mitasiga deputatlik so`rovi yuborildi

'Minglab tadbirkorlarga to`lanmagan QQS qarzdorligini to`latish mojarosi bo`yicha soliq qo`mitasiga deputatlik so`rovi yuborildi'ning rasmi

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati  Doniyor G`aniev ma`lum qildi. 

Xalq vakilining aytishicha, deputatlik so`rovida Davlat soliq qo`mitasi rahbariyatidan quyidagi masalalar bo`yicha asoslangan tushuntirish berishi so`ralgan:

1. DSQ tomonidan 396 ta shubhali soliq to`lovchilar bilan hamkorlik qilgan (tovar yoki xizmat olgan) tadbirkorlik sub`ektlariga soliq qarzi hamda soliq qarzini vaqtida to`lash haqidagi talabnomalarni yuborilishida qonunchilik xujjatlariga rioya etilganligi;

2. talabnoma yuborilgan tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan 396 ta shubhali soliq to`lovchilar bilan tovarlarni (xizmatlarni) olish bo`yicha tuzilgan bitimlar qalbakiligining (ko`zbo`yamachilik uchun tuzilganligining) holatlarini aniqlash va ularning oqibatlarini qo`llash yuzasidan noroziligi ma`lum qilinganiga qaramay, bitim qalbakiligining oqibatlarini qo`llash bo`yicha sud qarorisiz soliq oranlari tomonidan talabnomada ko`rsatilgan soliq qarzdorligini tadbirkorlar roziligisiz ularning hisob raqamlaridan echib olinganligi yoki mablag` etarli bo`lmagan holatlarda inkasso o`rnatilganligi holatlarini qonunchilik xujjatlariga muvofiqligi;

3. davlat soliq qo`mitasi tomonidan shubhali soliq to`lovchilar ro`yxatiga kiritilgan 396 ta soliq to`lovchidan davlat byudjetiga to`lanmagan 1 trillion so`mga yaqin QQS qarzdorligini undirish  va ularni javobgarlikka tortish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar;

4.“shubhali soliq to`lovchilar”ni aniqlash mexanizmini joriy etish ortidan DSQ va o`ng minga yaqin tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida yuzaga kelgan murakkab vaziyatni bartaraf etish yuzasidan ko`rilayotgan chora-tadbirlarlar to`g`risida ma`lumotlar.  

P.S. O`zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati to`g`risida»gi qonunining 15-moddasiga asosan deputatlik so`roviga 10 kun muddatda yozma javob berilishi kerak. So`rov natijalari  bo`yicha javob olingach ma`lum qilinadi.

Sal avval Davlat soliq organlari va tadbirkorlar o`rtasidagi QQS mojarosi senatorlar tomonidan nazoratga olinganligi xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar