O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlik Markaziy apparatida mavjud bo`sh lavozimlarni malakali va eng munosib nomzodlar bilan to`ldirish maqsadida ochiq mustaqil tanlov e`lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo`lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” vacancy.argos.uz orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin.
Qishloq xo`jaligi vazirligida mavjud bo`sh lavozimlardan birini tanlab, so`ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.
— Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari;
— Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish boshqarmasi etakchi mutaxassisi;
— Axborot-statistik tahlil, raqamlashtirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish boshqarmasi boshlig`i;
— Axborot-statistik tahlil, raqamlashtirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish boshqarmasi bosh mutaxasisi;
— Axborot-statistik tahlil, raqamlashtirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish boshqarmasi etakchi mutaxassisi;
— Davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi;
— Davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi;
— Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investisiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi etakchi mutaxassisi;
— Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investisiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi etakchi mutaxassisi;
— To`g`ridan to`g`ri investisiyalar, tashqi va ichki savdo boshqarmasi etakchi mutaxassisi;
— Qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo`ljallangan strategiyasini amalga oshirish boshqarmasi boshlig`i;
— Qishloq xo`jaligida bilim va innovasiya boshkarmasi etakchi mutaxassisi;
Tanlovda ishtirok etish istagida bo`lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidan http://vacancy.argos.uz/ ro`yxatdan o`tishlari, mavjud vakant lavozimlarni tanlab, so`ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.
Hujjatlar 2021 yil 17 fevraldan 26 fevralgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.