AsosiyJamiyat

Prezident Uychi tumanining 4 ta sektor rahbarini ishdan olish bo`yicha topshiriq berdi

'Prezident Uychi tumanining 4 ta sektor rahbarini ishdan olish bo`yicha topshiriq berdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida Namangan viloyat hokimligida bo`lib o`tayotgan sessiyada davlat rahbari Uychi tumanining barcha sektorlar rahbarlari: tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig`i va soliq inspeksiyasi rahbarlarini ishdan olish bo`yicha topshiriq berdi.

Bunga sabab sifatida ular mahallabay ishlashda yo`lga qo`yilgan xato va kamchiliklari, islohotlarni amalga oshirishda sustkashlikka yo`l qo`yishgani ko`rsatib o`tildi.

Men Uychi xalqi oldida vijdonimni toza qilib ketishim kerak”, - dedi Prezident. 

Eslatib o`tamiz, biroz avval tahririyatimizga kelgan murojaat ortidan 2 oy o`tibdiki, Uychi tumandagi 39-son maktabgacha ta`lim tashkilotining ahvolini yaxshilash bo`yicha tuman hokimi va`dasi  bajarilmayotgani haqida xabar qilgan edik

    Boshqa yangiliklar