Hukumatning 2021 yil 19 fevraldagi 82-son qarori bilan O`zbekistondagi ikki institutga yangi rahbarlar tayinlandi.
Xususan, Komiljon Sobirovich Komilov Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar institutining rektori, Nasridin Mirzoodilovich Jabborov esa Toshkent shahridagi Belarus-O`zbekiston qo`shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikasiyalar institutining ijrochi direktori etib tayinlandi.