20 fevral kuni Investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov «SUEZ» kompaniyasining (Fransiya) katta ijrochi vise-prezidenti Erik Gebali boshchiligidagi delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazgan edi. Bu haqda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, Fransiya kompaniyasi rahbariyati Toshkent shahrining suv ta`minoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 mln. evro miqdorida mablag` ajratishni ma`qullagan.
Shuningdek, E.Gebali Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi umumta`lim maktablarini ichimlik suvi bilan ta`minlash loyihasida ishtirok etishini aytgan. Loyiha kompaniya tomonidan grant asosida ajratilgan mablag`lar asosida amalga oshiriladi.






