AsosiyJamiyat

Samarqandda fuqarolardan pul undirib olgan MChJ xodimlari aniqlandi

'Samarqandda fuqarolardan pul undirib olgan MChJ xodimlari aniqlandi'ning rasmi

Samarqandda «BITSIMPLEX» nomli MChJ xodimlari fuqarolardan 500 AQSh dollaridan 22 250 AQSh dollarigacha pul mablag`larini olib, pullarni qaytarib bermayotganligi aniqlangan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Xabarga ko`ra, Toshkent shahrida joylashgan “BITSIMPLEX” MChJning Samarqand filiali xodimlari 2019 yil oktyabr oyidan 2020 yilning sentyabr oyiga qadar daromad tariqasida fuqarolarga 2,5 foizdan 4 foizgacha pul mablag`lari berib kelib, keyinchalik olingan pul mablag`larini qaytarib bermasdan kelinayotganligi aniqlangan.

Ma`lumotga ko`ra, o`z navbatida aldanib qolgan fuqarolarning arizalariga asosan, Samarqand IIOFMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan «BITSIMPLEX» MChJningmansabdor shaxslariga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov xaraktlariolib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar