1

Kun hikmati

Mutolaa 13.02.2016, 12:44
Kun hikmati

Kun hikmati

Asru ko`p emish jur`atu himmat sizga,
Ro`ziy qilg`ay Xudoy nusrat sizga.
Mardonalig`ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, hazor rahmat sizga!

***

Ko`ngulga bo`ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko`ngluma ermish qaro balo soching.

Muyassar o`ldi junun mulki, ey junun ahli,
Nisori ashkni emdi bu kun mango soching.

Soching shikastida bordur shikasta ko`ngullar,
Ko`ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.

Ochildi ko`ngli, chu ochting sochingni, Boburning,
Ne ayb, agar desa dilbandu dilkusho soching.

Zahiriddin Muhammad Bobur

14 fevral –

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunga

533 yil to`ladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1