23 fevral kuni DXX viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Koson tumani xalq ta`limi bo`limi mudiri S. D. hibsga olingan.
Ma`lum bo`lishicha, shu yilning 15 fevralida fuqaro Sh. Q. Koson tumani XTB mudiriga tuman maktablaridan biriga direktor bo`lish evaziga 200 AQSh dollari miqdorida pora bergan.
Xalq ta`limi bo`limi mudiri o`ziga bog`liq bo`lmagan holatda ishni bajara olmagach, 200 AQSh dollar miqdoridagi porani 23 fevral kuni so`m ekvivalentida fuqaroga qaytarish chog`ida ushlangan.