AsosiyJamiyat

MIB: Nurafshonda yil boshidan buyon 37 oila yarashtirildi

'MIB: Nurafshonda yil boshidan buyon 37 oila yarashtirildi'ning rasmi

 Majburiy     ijro   byurosi   Nurafshon shahar   bo`limi   tomonidan 2021 yil yanvar, fevral oylari davomida aliment undiruvi bilan bog`liq ijro hujjatlari yuzasidan MIB Nurafshon shahar davlat ijrochilari sayi harakati bilan jami 37 nafar oilalar yarashtirilishiga erishildi. 
Shuningdek, Yo`l haritasi tadbiri davomida 12 nafar ishsiz aliment to`lovchi qarzdorlar, davlat ijrochilari ko`magida ish bilan ish bilan ta`minlandi. 138 nafar qarzdorlar o`z mehnat faoliyatlariga ega bo`lgan o`zini-o`zi band qilganlarni tashkil etib, ular tomonidan aliment to`lovlari to`lanib kelinmoqda.

Majburiy ijro harakatlari davomida aliment pullarini o`z vaqtida to`lamay kelayotgan qarzdorlardan jami 30 mln-dan ortiq pul mablag`lari undiruvchilar foydasiga undirilib berildi.

Farzandi moddiy ta`minotini ta`minlashdan bo`yin tovlab, aliment to`lovlarini to`lamasdan kelayotgan 6 nafar qarzdor shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qarori asosida javobgarlikka tortildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar