AsosiyJamiyat

Samarqandda davlat tilida ish yuritish tizimi rivojlanmoqda

'Samarqandda davlat tilida ish yuritish tizimi rivojlanmoqda'ning rasmi

Samarqand viloyati Jomboy tuman hokimligida davlat tilida ish yuritish tizimini yanada mustahkamlash mavzusi muhokama etildi. Bu haqda Davlat tilini rivojlantirish departamenti xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari, sohaga mas`ul xodimlar ishtirok etgan tadbirda ish hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosida, davlat tili me`yorlari asosida yuritish, reklama va peshlavhalarni o`zbek tilida yozilishini nazoratga olish, joy nomlari bilan bog`liq muammolar muhokama etildi.

"Davlat tili nufuzini mustahkamlash uchun keskin va qat`iy choralar belgilash vaqti keldi. Bu borada xalqaro tajriba ham o`rganilyapti. Misol uchun, Fransiyada shunchaki, peshlavha davlat tilida yozilmagani uchun ham uch ming evro jarima belgilangan. Bizda esa bu eng og`riqli muammolarimizdan biri bo`lib qolmoqda",– dedi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug`affor Qirg`izboev.

Tadbirda tuman hokimi Q.Sobirov so`zga chiqdi. “Partsezd”, “Jdanov”, “Pravda” kabi eskirgan so`zlar hanuz kundalik isteʼmolda saqlanib qolayotganini taassuf bilan qayd etdi.

"Vaholanki, o`sha hududlar bugungi kunda “Zarafshon”, “Sarichashma”, “Haqiqat” kabi chiroyli, o`zbekona nomlar bilan yuritiladi, – dedi hokim. – Tilga bo`lgan hurmatni o`zimizni isloh qilishdan boshlamasak, kelajak avlod ham bizdan o`rnak oladi. Til – ona, uni onamizday eʼzozlashimiz farz.

Boshqa yangiliklar