AsosiyDunyo

Bayden AQShning Suriyadagi havo hujumiga izoh berdi

'Bayden AQShning Suriyadagi havo hujumiga izoh berdi'ning rasmi

Suriyadagi Eronparast qurolli guruhlar AQSh armiyasiga qarshi yangi hujumlarni rejalashtirayotgan edi, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden. 27 fevral kuni davlat rahbari Suriyaning sharqida Amerika tomonidan uyushtirilgan havo hujumi to`g`risida Kongressga xabar berdi. Vakillar Palatasi va Senatga yuborilgan xat matni Oq uy veb-saytida e`lon qilindi. Bu haqda rbs.ru xabar berdi.

"Mening buyrug`imga binoan, 2021 yil 25 fevralda AQSh harbiylari Suriyaning sharqiy qismidagi Eron tomonidan qo`llab-quvvatlanadigan nodavlat qurolli kuchlar foydalangan infratuzilmaga maqsadli zarba berdi", deyiladi xabarda.

"Ushbu guruhlar Iroqdagi AQSh va koalisiya qo`shinlariga qarshi so`nggi hujumlarda qatnashgan, ulardan biri 2021 yil 15 fevralda Erbil shahrida amalga oshirilgan va buning natijasida bir necha kishi jarohat olgan",— dedi Amerika rahbari. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar