O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig`i o`rinbosari tayinlandi.
Pazilxanov Umid Alisherovich O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig`i o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Umid Pazilxanov 1985 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, millati o`zbek. Ma`lumoti oliy, 2007 yilda Toshkent moliya instituti bakalavriyati, 2009 yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2008 yilda Toshkent viloyati Toshkent tumani hokimligi moliya bo`limi byudjet bo`yicha 1-toifali iqtisodchisi sifatida boshlagan.
2009-2011 yy. Toshkent viloyati hokimligi moliya boshqarmasi xalq ta`limi muassasalarini moliyalashtirish bo`limining markazlashgan ta`minot hisobini yuritish sektori mutaxassisi, 2011-2013 yy. Toshkent viloyati hokimligi moliya boshqarmasi aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy sohani moliyalashtirish bo`limi boshlig`i o`rinbosari, 2013-2014 yy. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish bo`limi etakchi iqtisodchisi, 2014-2017 yy. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy apparat Mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boqarmasi Huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish bo`limi bosh iqtisodchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Birinchi bo`limi boshlig`i bo`lgan.