Bugun AOKAda O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolardan COVID-19 ga ekspress-test olish bilan bog`liq muammolar va ularning e`tirozlariga sabab bo`layotgan masalalar echimlariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.
Anjumanda jurnalistlardan biri mas`ullardan aeroportlarda tibbiy xizmat monopoliyasi haqida savol berdi:
Nima uchun aeroportda bitta firma, bitta xizmat ya`ni “Tibbiyot dunyosi” MChJ ekspress test olish bo`yicha monopoliya bo`lib qolgan?
Savolga Toshkent xalqaro aeroporti mas`ul xodimi Muzaffar Suyarov javob berdi.
Maxsus komissiyaning 45-bayonida belgilanganidek, hamma talablarga javob beradigan tibbiyot muassasasini 1 kun ichida aeroportga olib kelib joylashtirish kerak bo`lgan edi. Buning uchun berilgan 1 kun muxlat ichida faqat "Tibbiyot dunyosi"da kerakli va talabga javob beradigan uskunalarni o`rnatishga imkoniyat bo`ldi. Hozirgi kunda ikkinchi kompaniyani aeroportga olib kelish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu kompaniya 5-martdan ish boshlashi ko`zda tutilgan.