Finlyandiya hukumati 74 yoshli rossiyalik ayol Lyudmila Markianovani deport qiladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Markianova kasal. U turmush o`rtog`ining vafotiga qadar ya`ni 2013 yilgacha Rossiyada yashagan. So`ng yagona farzandi— 20 yildan beri Finlyandiyada yashaydigan qizinikiga ko`chib kelgan. Unga hozirda finlyandiyalik kuyovi qaraydi.Finlyandiya migrasiya xizmati hozirda Markianovani Petrozavodsk shahriga deport qilish haqida qaror qabul qildi, ma`muriy sud qarorni ma`qulladi”,— deyiladi xabarda.
Ma`lum bo`lishicha, keksa rossiyalik ayolning qizidan boshqa yaqin qarindoshi yo`q. Shuning uchun uning qizini bu qaror tashvishga solmoqda.
Finlyandiya hukumati keksa ona voyaga etmagan farzandlar uchun yaqin qarindosh hisoblanmasligi, shuning uchun ayolga mamlakat hududida yashashga ruxsatnoma berish uchun asos yo`qligini ta`kidlamoqda.
OAVlarning xabar berishicha, Markianova Alsgeymer xastaligiga chalingan. Birovning ko`magisiz harakatlana va ovqatlana olmaydi.





