AOKAda Toshkent xalqaro aeroporti vakillari ishtirokida o`tkazilgan brifingda aeroportda ekspress test olish bo`yicha nega tibbiy monopoliya borligiga izoh berildi.
Ma`lum qilinishicha, maxsus komissiyaning 45-bayonida aeroportga barcha talablarga javob beradigan tibbiyot muassasasini bir kun muhlatda olib kelib, joylashtirish kerak edi. Shu bir kun muddatda kerakli tibbiyot uskunalari bor hamda barcha uskunalarni o`rnatishga imkoniyati etarli muassasa «Tibbiyot dunyosi» mas`uliyati cheklangan jamiyati bo`ldi. Muhlat berilgan paytda boshqa tibbiyot muassasalari talablarga javob bera olmagani uchun bitta firma xizmat ko`rsatmoqda. «Vitros» nomli ikkinchi firma ham ish boshlash arafasida. Bu firma 5 martdan aeroportda o`z ishini boshlaydi.