1

O`tgan yilga nisbatan 2 baravar ko`p uy-joylar quriladi – Prezident

Jamiyat 03.03.2021, 17:23
O`tgan yilga nisbatan 2 baravar ko`p uy-joylar quriladi – Prezident

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilash yuzasidan videoselektor bo`lib o`tmoqda, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri. 

Yig`ilishda ma`lum qilinishicha, o`tgan 4 yilda davlat dasturlari asosida 140 ming yoki yiliga o`rtacha 35 mingdan uy-joylar barpo etilgan bo`lsa, bu oldinlari yiliga qurilgan o`rtacha uy-joydan 4-5 baravar ko`p.

Lekin, bu etarli emas, - dedi Prezident, - “Hisob-kitoblarga ko`ra, mamlakatimiz aholisining uy-joyga bo`lgan ehtiyojini to`liq qondirish uchun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy qurish kerak”.

YaNGI FARMON!

Davlat rahbarining ta`kidlashicha, aholini uy-joy bilan ta`minlashga oid yangi Farmon tayyorlangan.

Mazkur Farmonda, eng muhimi aholining barcha qatlamlarini uy-joy bilan ta`minlash va bu borada ularning tanlash imkoniyatlarini kengaytirish ko`zda tutiladi.

Joriy yilda 54 ming oilalarni uy-joy bilan ta`minlash zarur. Jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta yoki o`tgan yilga nisbatan 2 baravar ko`p uy-joylar quriladi”, – dedi Prezident.

Shundan:

  • “Qishloq qurilish invest” va “Shahar qurilish invest” tomonidan 12 mingta;
  • yangi tartib bo`yicha Moliya vazirligi tijorat banklariga joylashtiradigan resurslar hisobiga 26,5 mingta kvartira;
  • har bir viloyatda yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun 500 tadan, jami 6,5 mingta oilaga kredit ajratiladi. 

Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilishi boshlangan 8 mingta kvartira joriy yilda foydalanishga topshiriladi. 

Videoselektor davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1