AsosiyJamiyat

Bu yildan boshlab ipoteka krediti bo`yicha moliyaviy resurslardan etishmovchilik va cheklovlar bo`lmaydi — Prezident ikki mansabdorga topshiriq berdi

'Bu yildan boshlab ipoteka krediti bo`yicha moliyaviy resurslardan etishmovchilik va cheklovlar bo`lmaydi — Prezident ikki mansabdorga topshiriq berdi'ning rasmi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida bo`lib o`tayotgan videoselektorda ma`lum qilindi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri. 

Umuman, joriy yilda aholini uy-joy bilan ta`minlash dasturi doirasida 11,5 trillion so`m (o`tgan yilga nisbatan 4 baravar ko`p) mablag` ajratilmoqda. Hudud rahbarlari bir narsani bilib olsin: bu yildan boshlab ipoteka krediti bo`yicha moliyaviy resurslardan etishmovchilik va cheklovlar bo`lmaydi” – dedi Prezident.

Qaysi hudud qo`shimcha resurs bo`yicha taklif bilan chiqsa, bu taklifni darhol hal qilish vazifasi bosh vazirning 1-o`rinbosari Ochilboy Ramatov va iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo`chqorov boshchiligidagi komissiya zimmasiga yuklatiladi.

Videoselektor davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar