AsosiyJamiyat

Andijonda 21 yoshli yigit 17 yoshli tanish qiziga "sirli" suratlarini tarqatish bilan tahdid qilib, katta pul talab qildi

'Andijonda 21 yoshli yigit 17 yoshli tanish qiziga "sirli" suratlarini tarqatish bilan tahdid qilib, katta pul talab qildi'ning rasmi

2021 yilning 26 fevral kuni 17 yoshli Omatoy T.ning arizasiga ko`ra, viloyat IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi, deya xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Tadbir davomida, 21 yoshli Sardor A. tanishi Omatoy T.ning sir saqlanishi lozim bo`lgan fotosuratlarini “Instagram”, “Facebook” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga joylamasligi evaziga 1.000 AQSh dollari talab qilib, Andijon shahar Boburshoh ko`chasi hududida Omatoy T.dan talab qilingan puldan 500 AQSh dollari pul mablag`larini tovlamachilik yo`li bilan olayotgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Sardor A.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Ma`lumot uchun, Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar