AsosiyDunyo

Xitoylik qariya osmono`par binoga “sevgi izhori”ni yozdi

Xitoylik qariya Syao Devey sevgi izhori uchun yosh bahona bo`lolmasligini isbotladi.

U osmono`par binoga o`z “sevgi izhori”ni yozdi, deya xabar beradi “gazeta.ru” nashri. Bu yozuv Chjeszyan viloyatida joylashgan Xanchjou shahridagi mehmonxona binolaridan birida paydo bo`ldi. Mehmonxona oynalarida chiroqlar yoqilganda ingliz tilida “Men seni sevaman” degan yozuv paydo bo`ldi. 

Shu tarzda turmush qurganlarining 67 yilligi munosabati bilan 84 yoshli qariya 83 yoshli rafiqasiga o`z sevgisini izhor qilgan. Qariyaning aytishicha, ular turmush qurganlarida hatto to`y qilishga ham qurbilari etmagan, u 67 yillik turmushlari davomida rafiqasiga hech qachon sevgi izhor qilmagan va romantik sovg`a ham hadya etolmagan. Rafiqasining sog`ligi yomonlashgani bois, uning ko`nglini xushnud etish maqsadida qariya shu tariqa “sevgi izhori”ni o`ylab topgan, bu ishda unga nabirasi ko`maklashgan.

    Boshqa yangiliklar