O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublikada yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat ertalab markaziy, janubiy va sharqiy viloyatlarda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 8-13° iliq atrofida bo`ladi.
Poytaxtimizda havo bulutli bo`ladi, ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol biroz 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 11-13° iliqni tashkil etadi.
Respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.