AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi erkak va ayollar soni ma`lum qilindi

'O`zbekistondagi erkak va ayollar soni ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi axborot xizmati O`zbekistonda 6 mart, shanba kun holatiga ko`ra erkaklar soni ayollar sonidan ko`proq ekanini ma`lum qildi.

 Xabarga ko`ra, 2021 yil 6 mart holatiga ko`ra Respublikamizdagi ayollar soni 17 million 235 ming 889 nafarga etgan bo`lsa, erkaklar soni esa 2021 yil 6 mart kuni 17 million 430 ming 019 nafarni tashkil etmoqda. Qayd etilishicha, 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda erkaklarning soni ayollarga qaraganda 200 ming kishiga yoki 0,7 foizga ko`proq bo`lgan.

Ma`lumot uchun, 2020 yilda 841,8 ming bola tug`ilgani qayd etilgan va bu mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug`ilish koeffisienti 24,6 promilleni tashkil etgan. Shuningdek, 2020 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, aholining 50,2 foizini erkaklar, 49,8 foizini ayollar tashkil etgan.

Boshqa yangiliklar