AsosiyJamiyat

Hibsga olingan surxonlaryolik bloger Otabek Sattoriy ishi bo`yicha sud jarayoni boshlanadi

'Hibsga olingan surxonlaryolik bloger Otabek Sattoriy ishi bo`yicha sud jarayoni boshlanadi'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, curxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga nisbatan tovlamachilik qilganlikda ayblanib, jinoyat ishi qo`zg`atilgan va gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan edi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti unga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudlovga oshirish uchun Surxondaryo viloyat prokuraturasiga yuborilgani haqida ma`lum qilingan edi.

Respublikasi Oliy sudining rasmiy kanalida ma`lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 139 (tuhmat), 140 (haqorat qilish) va 165 (tovlamachilik) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishini ko`rib chiqishga doir ochiq sud jarayoni jinoyat ishlari bo`yicha Muzrabot tuman sudida 2021 yil 11 mart kuni soat 10.00 da boshlanadi.

Mavzuga oid: 

Tovlamachilikda ayblanayotgan surxondaryolik bloger ishi yuzasidan Oliy sud bayonot berdi

Bosh prokuratura bloger Otabek Sattoriy ishi bo`yicha qonun buzilmaganini ma`lum qildi

Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo`mitasi O`zbekiston hukumatini hibsga olingan bloger Otabek Sattoriyni ozod qilishga chaqirdi

 

    Boshqa yangiliklar