Yaqin yillarda O`zbekistonda murakkab vaziyatga tushib qolgan odamlarga yordam beradigan davlat inqiroz markazlari tarmog`i tashkil etiladi. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar qilmoqda.
Ushbu markazlarning ochilishi o`tgan yili ishlab chiqilgan va hukumat tomonidan ko`rib chiqilayotgan «Ijtimoiy xizmatlar to`g`risida»gi yangi qonunda ko`zda tutilgan. Markazlar qonun qabul qilinganidan so`ng quriladi.
Shu kabi markazlarning yaratilishi inqirozli vaziyatlarni erta bosqichda aniqlash, ayollar va bolalar uchun vaqtincha yashab turish, ishga joylashtirish, psixologik yordam, hujjatlarni tiklash va rasmiylashtirish bo`yicha huquqiy ko`mak berish imkoniyatini yaratadi. Shu munosabat bilan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish ham nazarda tutilgan.
16.02.2016 14:23





