1

Obama Tramp AQSh prezidenti bo`lmasligidan umid qilmoqda

Dunyo 17.02.2016, 07:18
Obama Tramp AQSh prezidenti bo`lmasligidan umid qilmoqda

AQSh Prezidenti Barak Obama milliarder-respublikachi Donald Tramp davlat rahbari lavozimini egallamasligiga umid bildirmoqda.

Bu haqda u Kaliforniya shtatida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qildi. U buni Amerika xalqini hurmat qilishi bilan izohladi.

"O`ylaymanki, odamlar prezident bo`lish jiddiy ishligin tushunishadi. Bu realiti-shou tashkil etish va yoki marketing emas", — deydi prezident-demokrat.

AQSh prezidenti saylovlari noyabrda bo`lib o`tadi. Hozircha Tramp respublikachilar orasida etakchilar qatorida turibdi.

Prezidentning fikricha, Tramp saylovoldi poygada boshqa raqiblaridan ko`ra chiroyliroq nutq so`zlayotgani odamlari jalb qilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1