AsosiyShou-biznes

“Ummon”chilar nega ko`rinmay qoldi?

So`nggi paytda tele va radio efirlarida “Ummon” guruhining yo`qligi muxlislar orasida turli shubhalarni uyg`otdi. Guruhning kamnamoligi sabablari to`g`risidagi savollar “Darakchi” tahririyatiga ham kelib tushdi. Savollar bitta: “Nega “Ummon” ko`rinmay qoldi?!” Mazkur savolga oydinlik kiritish maqsadida guruh yigitlari bilan bog`landik.

-  Uzr, ming bora! Muxlislarimizni sog`intirib qo`yganimiz rost, ammo bu bejizga emas. Tanaffus ham ijodiy edi. Bu muddatda ko`plab qo`shiqlar va kliplar yaratdik. Tez kunda tarona va kliplar bilan ketma-ket muxlislarni hursand qilamiz. Shu kunlarda “ Soat 7 da” nomli qo`shig`imizga klip suratga olishni rejalashtirdik. Tinglagach va klipni tomosha qilgach, muxlislarimiz hursand bo`lishlari aniq!

Yodgorbek Yuksal

    Boshqa yangiliklar