Evropa Ittifoqi O`zbekistonda suvdan foydalanishni yaxshilash loyihasi uchun 12 million evro pul ajratdi, deya ma`lumot berdi EIning O`zbekistondagi delegasiyasi rahbari Yuriy Shterk.
Loyihaning asosiy maqsadi respublikada suv resurslaridan samarali foydalanishni yaxshilashga qaratilgan. Bundan tashqari evropalik ekspertlar suv resurslaridan foydalanishdagi boy tajribalari bilan ham o`rtoqlashishadi.
Bu sohada ilg`or Evropa texnologiyalaridan ham foydalanish ko`zda tutilgan, deya xabar berdi UT nashri.
17.02.2016 10:02





