1

Gollivud “Islom davlati”ga qarshi tashviqot ishlariga qo`shiladi

Dunyo 17.02.2016, 15:15
Gollivud “Islom davlati”ga qarshi tashviqot ishlariga qo`shiladi

AQSh bosh kotibi Jon Kerri Gollivudning etakchi studiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazib, “Islom davlati”ga qarshi tashviqot ishlarida qatnashish imkoniyatlari haqidagi masalani muhokama qildi.

Lenta.ru’ning xabar berishicha, uchrashuv 16 fevral kuni “Universal Pictures” bosh ofisida o`tkazilib, 90 daqiqa davom etdi. 

Kinokompaniyalar va Davlat departamenti rahbarlari Gollivud filmlari, kinoloyihalari orqali “Islom davlati”ga qarshi tashviqot ishlarini o`tkazish g`oyasi ustida fikr almashdilar.

Antiterrorchilik tashviqot ishlariga Yaqin Sharq kinematograflarini ham jalb etish masalasi o`rtaga tashlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1